O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarining yakuniy imtihonlardagi bilimi yagona test materiallari asosida baholanadi. Imtihonlar davomida o‘quvchilar oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlariga mos keladigan fanni tanlashlari mumkin bo‘ladi. Yangi o‘quv yilidan 14 ta maktabda ingliz tilida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.
Yoshlar ishlari agentligi bir yilda 12,3 ming nafar xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga 21,7 mlrd so‘m mablag‘ni kompensatsiya qildi. Imtihon topshirish xarajatlarini qaytarib olgan yoshlarning eng ko‘pi IELTS`dan yuqori ball olgan.
AQShdan O‘zbekistonga 25 nafar ingliz tili o‘qituvchisi keldi. Ular mamlakatning 11 ta hududidagi maktab va oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ish olib boradi hamda 10 oylik o‘qitish va malaka oshirish dasturlarini o‘tkazadi.
Xalq ta’limi vazirligi va AQShning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan amalga oshirilayotgan English Speaking Nation yozgi treninglar dasturi doirasida respublikaning turli hududlarida 420 dan ortiq ingliz tili o‘qituvchilari intensiv mashg‘ulotlarda qatnashib, pedagogik va psixologik bilimlarini takomillashtirishadi.
Yaqin oylarda AQSHdan 16 nafar ingliz tili o‘qituvchilari hamda yetakchi universitetlarining professorlari O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda. Ular xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda yordamlashadi. Bundan tashqari, Qarshi shahrida «Amerika oynasi» («American window») kutubxonasining ochilishi ustida ish olib borilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting